Privacy Policy
Last updated: 2025-01-01
1. Qanday ma'lumotlar to'planadi?
Ro'yxatdan o'tishda:
- Ism va familiya;
- Email manzil;
- Telefon raqami (ixtiyoriy);
- Parol (shifrlangan holda saqlanadi, hech kim ko'ra olmaydi).
Xizmatdan foydalanishda:
- Biznes ma'lumotlari (nomi, manzili, ish soatlari);
- Xizmat va xodim ma'lumotlari;
- Mijozlar bandlovi tarixi;
- Platforma ichidagi harakatlar (log fayllar).
Brauzer orqali avtomatik:
- IP manzil;
- Brauzer turi va versiyasi;
- Cookie fayllar (tizimga kirish uchun zaruriy).
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi?
- Platformani to'g'ri ishlashini ta'minlash;
- Tizimga kirish va xavfsizlikni boshqarish;
- Telegram bildirishnomalarini yuborish;
- Texnik yordam ko'rsatish;
- Xizmat sifatini yaxshilash maqsadida tahlil qilish.
3. Ma'lumotlar kimga beriladi?
Ma'lumotlaringiz hech qachon reklama maqsadida sotilmaydi. Faqat quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga berilishi mumkin:
- Texnik xizmatlar: Hosting, SMS, email xizmatlari (faqat zaruriy ma'lumotlar);
- Qonuniy talab: O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq davlat organlari talabi bo'yicha;
- Biznes o'tkazish: Platforma boshqa kompaniyaga sotilsa, ma'lumotlar yangi egaga o'tishi haqida oldindan xabar beriladi.
4. Ma'lumotlar qancha saqlanadi?
- Hisob o'chirilgandan so'ng 30 kun ichida barcha ma'lumotlar o'chiriladi;
- Moliyaviy tranzaksiyalar qonun talabi bo'yicha 3 yil saqlanadi;
- Log fayllar 90 kun saqlanadi.
5. Sizning huquqlaringiz
Siz quyidagi huquqlarga egasiz:
- Ko'rish: O'z ma'lumotlaringizni ko'rish va yuklab olish;
- Tuzatish: Noto'g'ri ma'lumotlarni o'zgartirish;
- O'chirish: Hisobingiz va barcha ma'lumotlaringizni o'chirish;
- Cheklash: Ma'lum turdagi ma'lumotlarni ishlatishni taqiqlash;
- Ko'chirib olish: Ma'lumotlaringizni standart formatda eksport qilish.
Ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun Aloqa sahifamizga murojaat qiling.
6. Cookie fayllar
Biz faqat zaruriy cookie fayllardan foydalanamiz:
- Sessiya cookie: Tizimga kirishni saqlab turish uchun (brauzer yopilganda o'chadi);
- CSRF cookie: Xavfsizlik uchun (xakerlarga qarshi himoya);
- Til cookie: Tanlangan til sozlamasini eslab qolish.
Reklama yoki kuzatuv cookie fayllar ishlatilmaydi.
7. Ma'lumotlar xavfsizligi
- Barcha ma'lumotlar HTTPS orqali uzatiladi;
- Parollar BCrypt algoritmi bilan shifrlangan;
- Serverlar O'zbekistonda joylashgan ma'lumotlar markazida xizmat qiladi;
- Muntazam xavfsizlik tekshiruvlari o'tkaziladi.
8. Bolalar ma'lumotlari
Platforma 18 yoshdan kichik shaxslarga mo'ljallanmagan. Agar voyaga etmagan shaxs ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, ota-onaning murojaatig a ko'ra hisob darhol o'chiriladi.
9. Siyosatga o'zgarishlar
Ushbu siyosat yangilanganda, elektron pochta orqali xabar yuboramiz. Muhim o'zgarishlar uchun platformada e'lon qilinadi.
10. Murojaat
Maxfiylik bo'yicha savollar uchun: Aloqa sahifamiz.